Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Gallery image 274914
Gallery image 274915
Gallery image 274916
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
17 Okt 2026
22:31

Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 19-Qoraxon saylov okrugi deputati G. Baxramova o‘zi saylangan Qoraxon MFY hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholi bilan samimiy muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Muloqot jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholini qiynayotgan masalalarni hal etish hamda fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, ularni tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yetkazish va ijrosini nazoratga olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, aholi manfaatlarini ifoda etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi.