


NURAFSHON MFYDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR O‘RGANILDI
NURAFSHON MFYDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Nurafshon MFY hududida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida ichimlik suvi tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha bajarilgan ishlar, aholiga yaratilgan sharoitlar hamda suv ta’minotining holati bilan tanishildi. Shuningdek, mas’ullar bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda loyiha doirasidagi ishlar samaradorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish loyiha ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish va mahallada aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlarning holatini baholashga xizmat qiladi.