


MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan Nurafshon MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 7-bandi ijrosi yuzasidan mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida soliq tushumlarini ta’minlash, soliq qarzdorligini kamaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, norasmiy bandlikning oldini olish hamda aholi o‘rtasida soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yakunida soliq inspektori faoliyatini samarali tashkil etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.