


JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH ISHLARI O‘RGANILDI
JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan Nurafshon MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 21-bandi ijrosi yuzasidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Yakunida jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.