



YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan Nurafshon MFYda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 1-bandi ijrosi yuzasidan yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
Jarayonda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va salohiyatidan kelib chiqib, munosib bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga faoliyatni yanada takomillashtirish, yoshlar bilan individual ishlashni kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.