
SOLIOBOD MFYDA FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
SOLIOBOD MFYDA FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda 12-Soliobod saylov okrugi deputati Z. Achildiyev tomonidan o‘zi saylangan Soliobod MFY hududida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida boshlangan ishlar mas’ullar bilan birgalikda o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Xususan, mahalla ichki yo‘llarini asfaltlash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish masalasi ko‘tarildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan mazkur murojaat murojaatlar daftariga qayd etildi. Ichki yo‘llarni asfaltlash masalasini tegishli mas’ullar bilan birgalikda ko‘rib chiqish hamda uning yechimini ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar nazoratga olindi.
Bu kabi o‘rganishlar aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud masalalarga yechim topish va mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.