









SOLIOBOD MFYDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARINI TORTISH ISHLARI BOSHLANDI
SOLIOBOD MFYDA ICHIMLIK SUVI TARMOQLARINI TORTISH ISHLARI BOSHLANDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 12-Soliobod saylov okrugi deputati Z. Achildiyev saylangan Soliobod MFY hududida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida boshlangan ishlar bilan mas’ullar ishtirokida tanishdi.
O‘rganish davomida ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlari va ularning amalga oshirilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ullar bilan birgalikda ishlarni belgilangan tartibda tashkil etish, aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda ta’minot barqarorligini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur ishlar mahallada aholi turmush sharoitini yaxshilash va fuqarolarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.