Barcha yangiliklar
JO‘YJANGAL MFYDA 60 DAN ORTIQ XONADON TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANDI
Gallery image 274882
Gallery image 274883
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
17 Okt 2026
22:24

JO‘YJANGAL MFYDA 60 DAN ORTIQ XONADON TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANDI

JO‘YJANGAL MFYDA 60 DAN ORTIQ XONADON TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLANDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva saylangan Jo‘yjangal MFY hududida amalga oshirilgan ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari bilan mas’ullar ishtirokida tanishdi.

Xususan, mahallaning Yurt ravnaqi ko‘chasida 1 800 metr uzunlikdagi ichimlik suvi quvuri tortilib, 60 dan ortiq xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

O‘rganish davomida amalga oshirilgan ishlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan birgalikda ichimlik suvi ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Bunday ishlar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va mahallalarda infratuzilmani yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.