Barcha yangiliklar











XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
16 Okt 2026
22:23
JO‘JANGAL MFYDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
JO‘JANGAL MFYDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan 13-oktabr kuni 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva saylangan Jo‘jangal mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi uchun tortilayotgan ichimlik suvi tarmoqlarining qurilish jarayoni bilan tanishildi.
O‘rganish davomida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv tarmoqlarini xonadonlargacha yetkazish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning borishiga e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash va hududda yashash sharoitlarini yaxshilash masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.