Barcha yangiliklar
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi
Gallery image 274873
Gallery image 274874
Gallery image 274875
Gallery image 274876
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
16 Okt 2026
22:23

Aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi

Aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi

Kecha 15-oktabr kuni Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda ekspert guruhi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan kiritilgan axborot to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Termiz tumani Xalq qabulxonasi mudiri Sherzod Mashiyevning axboroti tinglandi.

Muhokama davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni chuqur o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda aholi bilan muloqot samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning ijobiy hal etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va fuqarolar muammolarini hal etish borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.