


XALQABOD MFYDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARXLARI VA TA’MINOT HOLATI O‘RGANILDI
XALQABOD MFYDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARXLARI VA TA’MINOT HOLATI O‘RGANILDI
Aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda narxlar barqarorligini kuzatib borish muhim vazifalardan biridir.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Xalqabod MFY hududida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 10-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda savdo nuqtalaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, mahsulot turlarining mavjudligi, sifati hamda aholi talabini qondirish uchun yetarliligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kundalik iste’mol uchun zarur mahsulotlar ta’minotining uzluksizligi va narx-navolarning o‘zgarishi bilan bog‘liq holatlarga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida zarur oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotini barqaror saqlash, narxlarni muntazam kuzatib borish hamda aholining ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi farovonligini ta’minlash va iste’mol bozoridagi barqarorlikni saqlash borasidagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.