Barcha yangiliklar
YANGIOBOD MFYDA FUQAROLAR MUROJAATLARI UYMA-UY O‘RGANILDI
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
16 Okt 2026
22:21

YANGIOBOD MFYDA FUQAROLAR MUROJAATLARI UYMA-UY O‘RGANILDI

YANGIOBOD MFYDA FUQAROLAR MUROJAATLARI UYMA-UY O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘. Omonov saylangan Yangiobod MFY hududida fuqarolar bilan uyma-uy muloqotlar o‘tkazildi.

Tashrif davomida xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda taklif va mulohazalari tinglandi. Bildirilgan murojaatlarning mazmuni o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni manzilli hal etish yuzasidan takliflar qayd etildi.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning takliflarini inobatga olish hamda tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda yechim topish ishlari izchil davom ettiriladi.