Barcha yangiliklar
HUDUDDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 274869
Gallery image 274870
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
16 Okt 2026
22:20

HUDUDDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH HOLATI O‘RGANILDI

HUDUDDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 21-bandi ijrosi yuzasidan Gulbahor MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida, ayniqsa, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va profilaktika subyektlari hamkorligini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida kriminogen vaziyatni muntazam tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.