


GULBAHOR MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
GULBAHOR MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
Yoshlar bandligi — mahalla taraqqiyotining muhim omili!
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan 20-Gulbahor saylov okrugi deputati S. Nazarov saylangan Gulbahor mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 1-bandi ijrosi doirasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash, kasb o‘rganish istagidagi yoshlarni tegishli yo‘nalishlarga jalb etish hamda yoshlar muammolarini manzilli hal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga faoliyat samaradorligini oshirish, yoshlar bilan individual ishlashni kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bandligini ta’minlash mahallada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.