Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
Gallery image 274865
Gallery image 274866
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
16 Okt 2026
22:19

FUQAROLAR MUROJAATLARI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI

FUQAROLAR MUROJAATLARI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Gulbahor MFY hududida fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, aholini qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar hamda taklif va mulohazalari tinglandi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning mazmuni va yechimini talab etuvchi jihatlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududni obodonlashtirish va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan bildirilgan takliflar qayd etildi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan ishlarni davom ettirish belgilandi.

Bunday bevosita muloqotlar aholi bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda joylardagi masalalarni manzilli hal etishga xizmat qiladi.