Barcha yangiliklar
GULBAHOR MFYDA ASFALTLANGAN ICHKI KO‘CHALAR SIFATI O‘RGANILDI
Gallery image 274860
Gallery image 274861
Gallery image 274862
Gallery image 274863
Gallery image 274864
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
16 Okt 2026
22:19

GULBAHOR MFYDA ASFALTLANGAN ICHKI KO‘CHALAR SIFATI O‘RGANILDI

GULBAHOR MFYDA ASFALTLANGAN ICHKI KO‘CHALAR SIFATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan 20-Gulbahor saylov okrugi deputati S. Nazarov saylangan Gulbahor MFY hududidagi asfalt qoplamasi yotqizilgan ichki ko‘chalarning holati mahalla raisi hamda mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida bajarilgan asfaltlash ishlarining sifati, yo‘l qoplamasining tekisligi, mustahkamligi, belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi hamda foydalanish uchun qay darajada qulayligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, asfalt qoplamasining holati, ishlarning bajarilish sifati va yo‘llarning uzoq muddat xizmat qilishi bilan bog‘liq jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mahalla raisi va mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yo‘lsozlik ishlarida sifat talablariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.

Asosiy maqsad — amalga oshirilgan yo‘lsozlik ishlarining sifatini nazorat qilish, ajratilgan mablag‘lar samaradorligini ta’minlash va aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratishdan iborat.