Barcha yangiliklar
GULBAHOR MFY ICHKI KO‘CHALARINING HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 274856
Gallery image 274857
Gallery image 274858
Gallery image 274859
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
16 Okt 2026
22:17

GULBAHOR MFY ICHKI KO‘CHALARINING HOLATI O‘RGANILDI

GULBAHOR MFY ICHKI KO‘CHALARINING HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan 20-Gulbahor saylov okrugi deputati S. Nazarov saylangan Gulbahor MFY hududidagi ichki ko‘chalarning holati mahalla raisi hamda mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ichki ko‘chalarning mavjud holati, yo‘llardan foydalanish qulayligi va ularni ta’mirlash hamda obodonlashtirishga oid masalalarga e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullar bilan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — hududdagi infratuzilma holatini yaxshilash va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashdan iborat