Barcha yangiliklar
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi
Gallery image 274852
Gallery image 274853
Gallery image 274854
Gallery image 274855
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
16 Okt 2026
22:16

Aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi

Aholi murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi

Kecha 15-oktabr kuni Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda ekspert guruhi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Aholi murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Termiz tuman hokimligi Ijro apparati rahbari B.Urinovning hisoboti tinglandi.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda mas’ul tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning ijobiy hal etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va fuqarolar muammolarini hal etish borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.