




SABZIPOYA MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
SABZIPOYA MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov hamda Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Sabzipoya mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolari tomonidan aholi muammolarini aniqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari va mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunida mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan manzilli ishlash va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.