


TERMIZ MAHALLASIDA MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
TERMIZ MAHALLASIDA MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Mahalla taraqqiyoti va aholi farovonligini ta’minlashda mahalla raisining tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva saylangan Termiz mahallasida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ilgari surilayotgan tashabbuslar hamda hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati va hududni obodonlashtirish borasidagi sa’y-harakatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi muammolariga amaliy yechim topish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.