Barcha yangiliklar
M. ESHTEMIROV MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
Gallery image 274844
Gallery image 274845
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
15 Okt 2026
22:14

M. ESHTEMIROV MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

M. ESHTEMIROV MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Yoshlar bandligi — mahalla taraqqiyotining muhim omili!

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan o‘zi saylangan M. Eshtemirov mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 1-bandi ijrosi doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

Jarayonda yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, ishsiz yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni bandlikka jalb etish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.