





SOLIOBOD MAHALLASIDA BOZOR NARXLARI VA MAHSULOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
SOLIOBOD MAHALLASIDA BOZOR NARXLARI VA MAHSULOTLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI
Aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va narxlar barqarorligini kuzatib borish muhim vazifalardan biridir.
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 12-Soliobod saylov okrugi deputati Z. Achildiyev tomonidan o‘zi saylangan Soliobod mahallasi hududida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 10-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda bozorlardagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, mahsulot turlarining mavjudligi va aholi talabini qondirish uchun yetarliligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, savdo nuqtalarida zarur mahsulotlar uzluksizligini ta’minlash va narx-navolarni muntazam kuzatib borish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida tegishli tavsiyalar berilib, aholini sifatli va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlarni nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
Maqsad — aholi manfaatlarini himoya qilish, mahsulotlar ta’minotini yaxshilash va narxlar barqarorligini kuzatib borish!