Barcha yangiliklar
GULBAHOR MAHALLASIDAGI 18-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
Gallery image 274837
Gallery image 274838
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
15 Okt 2026
22:12

GULBAHOR MAHALLASIDAGI 18-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

GULBAHOR MAHALLASIDAGI 18-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI

Ta’lim muassasalarida qulay va xavfsiz sharoit yaratish — muhim vazifa!

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi raisi, 20-Gulbahor saylov okrugi deputati S. Nazarov tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 11-bandi — “Kuz-qish mavsumida isitish tizimi” ijrosi yuzasidan Gulbahor mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi holati, qish mavsumida sinfxonalarni bir maromda isitish imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot va samarali o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.