




YOSHLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
YOSHLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Sog‘lom hayot — yorqin kelajak garovi!
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan tuman yoshlari ishtirokida giyohvandlikning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oila farovonligi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararlari, uning oldini olish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va foydali mashg‘ulotlarga keng jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar.
Maqsad — yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kelajak avlodni zararli illatlardan himoya qilish!