Barcha yangiliklar
TERMIZ MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 274828
Gallery image 274829
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
15 Okt 2026
22:10

TERMIZ MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI

TERMIZ MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Yoshlar bilan ishlash — kelajak uchun ishlash!

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan Termiz mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 1-bandi ijrosi yuzasidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal etish hamda yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Maqsad — har bir yoshni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va salohiyatini ro‘yobga chiqarish!