Barcha yangiliklar
“M. ESHTEMIROV” MAHALLASIDA INFRASTRUKTURA ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 274824
Gallery image 274825
Gallery image 274826
Gallery image 274827
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
15 Okt 2026
22:10

“M. ESHTEMIROV” MAHALLASIDA INFRASTRUKTURA ISHLARI O‘RGANILDI

“M. ESHTEMIROV” MAHALLASIDA INFRASTRUKTURA ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan “M. Eshtemirov” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

Jarayonda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, mahalla faollari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

O‘rganish davomida mahalla hududida olib borilayotgan yo‘l qurilishi, piyodalar yo‘laklarini barpo etish va yopiq suv quvurlarini qurish ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarining borishi, sifat talablari asosida bajarilishi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishlar sifatini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va aholi manfaatlarini ta’min