Barcha yangiliklar
“M. ESHTEMIROV” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
Gallery image 274822
Gallery image 274823
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
15 Okt 2026
22:09

“M. ESHTEMIROV” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

“M. ESHTEMIROV” MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov tomonidan “M. Eshtemirov” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari doirasida elektr ta’minoti infratuzilmasining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada o‘rnatilgan yangi transformator hamda barpo etilgan beton elektr ustunlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, mavjud tarmoqlar imkoniyatlarini kengaytirish va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, elektr ta’minoti sifatini yaxshilash va infratuzilmani yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashdan iborat.