Barcha yangiliklar
JO‘YJANGAL MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 274820
Gallery image 274821
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
15 Okt 2026
21:59

JO‘YJANGAL MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI

JO‘YJANGAL MAHALLASIDA YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Yoshlar bilan ishlash — kelajak uchun ishlash!

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan Jo‘yjangal mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 1-bandi ijrosi yuzasidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal etish hamda faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Maqsad — har bir yoshni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va salohiyatini ro‘yobga chiqarish!