Barcha yangiliklar
#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Mahalla raisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
Gallery image 274654
Gallery image 274655
Gallery image 274656
Gallery image 274657
Gallery image 274658
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
23 Okt 2026
18:02

#24_ta_masala Deputatlar mahallada: "Mahalla yettiligi" va Mahalla raisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Deputatlar 4-Beruniy saylov okrugi hududidagi "Beruniy" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada aholi muammolarini hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdilar.

Asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
Mahalla raisi faoliyati: Mahallada rahbarlik faoliyatini tashkil etish, aholi bilan muloqot qilish tizimi, muammolarni o‘z vaqtida hal etishdagi tashabbuskorligi va mas’uliyati tahlil qilindi.

"Mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligi: Mahalladagi yangi tizim vakillarining o‘zaro hamjihatligi, kundalik vazifalarni bajarishdagi hamkorligi va manzilli ishlash holati ko‘zdan kechirildi.

Qaror va farmonlar ijrosi nazorati: Mamlakatimizda mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni rivojlantirish yuzasidan qabul qilinayotgan ustuvor farmon va qarorlarning joylardagi ijro etilish holati qat’iy nazoratga olindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, deputatlik nazorati asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.