Barcha yangiliklar
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI: MUROJAATLAR VA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 274606
Gallery image 274607
Gallery image 274608
Gallery image 274609
Gallery image 274610
Gallery image 274611
Gallery image 274612
Gallery image 274613
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
23 Okt 2026
17:30

DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI: MUROJAATLAR VA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI: MUROJAATLAR VA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 13-«Gulsaroy» saylov okrugi deputati Dilorom Axmedova 2026-yil III chorak davomida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida hisobot berdi.

📍 Uchrashuvda «Gulsaroy» va «Chuqursoy» mahallalari faollari hamda mahalla jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.
📘 Deputatlik faoliyati sarhisobi: Hisobot davomida Dilorom Axmedova III chorak mobaynida tuman Kengashining 6 ta sessiyasi va 3 ta doimiy komissiya yig‘ilishida ishtirok etgani, tuman hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surgani haqida ma’lumot berdi.

📎 Shuningdek, saylovchilar bilan muloqotlar davomida kommunal infratuzilma, ekologik holat, hujjatlashtirish va ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik olib borilayotgani ta’kidlandi.

🗣 Ochiq muloqot davomida 100-avtobus yo‘nalishini tiklash bo‘yicha taklif bildirildi. Xususan, Qoraqamish 1/4 dahasi, 16-uy, 44-xonadonda yashovchi fuqaro Nodira Abdusattorova ko‘pchilik aholi nomidan muhim taklif bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, «Obod ko‘cha» dasturi doirasida Qoraqamish 1/4 dahasidagi Gulsaroy ko‘chasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Biroq ta’mirlash jarayonida ushbu ko‘cha orqali harakatlangan 100-sonli avtobus yo‘nalishi Qoraqamish 1/3 dahasi hududiga o‘zgartirilgan. Hozirda ko‘chadagi ta’mirlash ishlari yakunlangan bo‘lsa-da, avtobus yo‘nalishi avvalgi holatiga qaytarilmagan.

📌 Shu munosabat bilan fuqaro 100-sonli avtobus harakatini Gulsaroy ko‘chasi orqali qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish va aholiga qulay jamoat transporti qatnovini ta’minlashda amaliy yordam berishni so‘radi.
🔹 Aholi murojaatlari — deputatlik nazoratida: Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va savollar yuzasidan fikr almashildi. Ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Uchrashuv yakunida saylovchilar murojaatlarini izchil o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va hududdagi mavjud muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — saylovchilar bilan ochiq muloqot, xalq manfaatlarini ifoda etish va ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimi uchun izchil harakat qilishdir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!