Barcha yangiliklar
VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 274472
Gallery image 274473
Gallery image 274474
Gallery image 274475
Gallery image 274476
Gallery image 274477
Gallery image 274478
Gallery image 274479
Gallery image 274480
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
23 Okt 2026
16:28

VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov Viloyat bolalar kutubxonasiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida kutubxonaning kitob fondi, bolalar adabiyotlarining joylashtirilishi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mutolaa muhitini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, kutubxona faoliyatiga oid hujjatlar bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ–280-son “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar kutubxonalari to‘g‘risida”gi nizom talablari o‘rganildi.

Kutubxonalar yosh avlodning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.