Barcha yangiliklar
KITOBXONLIK MADANIYATI — YOSHLAR KAMOLOTINING MUHIM OMILI
Gallery image 274466
Gallery image 274467
Gallery image 274468
Gallery image 274469
Gallery image 274470
Gallery image 274471
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
23 Okt 2026
16:26

KITOBXONLIK MADANIYATI — YOSHLAR KAMOLOTINING MUHIM OMILI

KITOBXONLIK MADANIYATI — YOSHLAR KAMOLOTINING MUHIM OMILI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan Viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

Kutubxona bo‘ylab o‘tkazilgan tanishuv davomida bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy va ma’rifiy adabiyotlar, kitob javonlaridagi asarlar hamda yosh kitobxonlarning bilim olishi uchun tashkil etilgan muhit ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ–280-son “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan “Bolalar kutubxonalari to‘g‘risida”gi nizom talablari o‘rganildi.

Yoshlarning kitobga mehrini oshirish, ularni muntazam mutolaaga jalb etish va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlashda kutubxonalarning o‘rni beqiyos. Shu bois, bolalar kutubxonalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish va kitobxonlik muhitini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.