Barcha yangiliklar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 274388
Gallery image 274389
Gallery image 274390
Gallery image 274391
Gallery image 274392
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
15:15

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TARBIYALANUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulotlar tashkil etilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni, guruh xonalarining holati hamda bolalarning mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun mavjud imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.