Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI: LOTOKLAR QURILISHI O‘RGANILDI
Gallery image 274329
Gallery image 274330
Gallery image 274331
Gallery image 274332
Gallery image 274333
Gallery image 274334
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
23 Okt 2026
14:59

DEPUTATLIK NAZORATI: LOTOKLAR QURILISHI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyоqulov Mingbuloq mahallasida qurilishi boshlangan lotoklarning qurilish jarayonlari bilan tanishdi. O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, ularning sifatli bajarilishi hamda aholining suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi. Mazkur lotoklarning qurilishi aholi tomorqalarini o‘z vaqtida sug‘orish, suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish hamda suv isrofgarchiligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Suv yetkazib berish tizimini yaxshilash orqali tomorqalardan samarali foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Deputatlik nazorati doirasida bunday qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi muhim hisoblanadi.