Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi
Gallery image 274314
Gallery image 274315
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
23 Okt 2026
14:56

Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi

Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov Qaytmas mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodimi bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaatini uning yashash manziliga borgan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqaroning murojaati, mavjud muammolari va ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, murojaatda ko‘tarilgan masalani atroflicha o‘rganish, fuqaroning ehtiyojlarini aniqlash hamda muammoni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga e’tibor qaratildi.

Ijtimoiy xodim bilan hamkorlikda fuqaroning holatidan kelib chiqib, unga zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!