Barcha yangiliklar
SHOFIRKONDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA
Gallery image 274264
Gallery image 274265
Gallery image 274266
Gallery image 274267
Gallery image 274268
Gallery image 274269
Gallery image 274270
Gallery image 274271
Gallery image 274272
QO‘CHQOROVA NORDONA TUYMUROD QIZI
23 Okt 2026
14:39

SHOFIRKONDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

SHOFIRKONDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

Ayni kunlarda Vobkent tumanidan Shofirkon tumaniga kirish yo‘nalishida, xususan, Boboato va Bobur mahallalari hududidan o‘tuvchi yo‘l yoqalarida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Jarayonda yo‘l bo‘yidagi daraxtlar butalib, oqlanmoqda, ularga manzarali shakl berilmoqda. Shuningdek, yo‘l yoqalari begona o‘tlardan tozalanib, hududning ozodaligi va ko‘rkamligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Mo‘min Amonov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganilib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.

Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi deputatlari ham hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishiga e’tibor qaratib, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Mazkur ishlar tuman hududining tashqi qiyofasini yaxshilash, yo‘l bo‘ylarida ozodalikni ta’minlash va aholi uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi