Barcha yangiliklar
🏛 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
23 Okt 2026
14:29

🏛 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Boston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Guliston MFY hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, ichki yo‘llarning holati o‘rganildi.

🚧 O‘rganish davomida kuz-qish mavsumida aholining ish va maktabga borib-kelishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, ichki yo‘llarni ta’mirlash zarurligi yuzasidan muammolar aniqlandi.

🤝 Maqsad — aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda mavjud yo‘l muammolarining ijobiy yechimini ta’minlash.