Barcha yangiliklar
🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
23 Okt 2026
14:28

🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Boston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Guliston mahallasidagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning holati o‘rganildi.

🤝 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy ahvoli, mavjud ehtiyojlari va bandlik masalalariga e’tibor qaratildi.

👷 Ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan tumandagi “Uztext” korxonasiga ishga joylashish uchun taklif bildirildi.

💚 Maqsad — ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash va ularning daromad manbalarini kengaytirishga ko‘maklashish.