Barcha yangiliklar
🏫 20-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
23 Okt 2026
14:25

🏫 20-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Boston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Guliston mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, sinf xonalarining holati, qish mavsumida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda zarur issiqlik va energiya resurslari bilan ta’minlanganlik masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.