Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
23 Okt 2026
14:23
🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR VA UYUSHMAGAN YOSHLAR HOLATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Matsapayev Sherzod Alisher o‘g‘li hamda tuman hokimining mas’ul xodimi X. Yaqubov tomonidan Beshmergan mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi uyushmagan yoshlarning holati o‘rganildi.
🤝 O‘rganish davomida yoshlarning muammolari, oilaviy sharoiti va bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🎯 Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolariga amaliy yechim topish yuzasidan fikr almashildi.
🌱 Yoshlar e’tiborda — ularning kelajagi uchun amaliy harakatdamiz!