Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 274191
Gallery image 274192
Gallery image 274193
Gallery image 274194
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
13:57

DEPUTAT SO'ROVI

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Hasanbek Qudratov tomonidan yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport obyekti xavfsizligini ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi kiritildi.

Saylovchilardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish davomida "Yangiobod" shaharcha fuqarolar yig‘ini Sayqal ko‘chasida joylashgan vorkaut maydonchasining texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Maydonchaning texnik holati qoniqarsiz ekanligi, sport jihozlari, xavfsizlik qoplamalari va konstruksiyalarni sozligi bilan bog‘liq kamchiliklar borligi aniqlandi. Mazkur holat sport maydonchasidan xavfsiz foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputatlik so‘rovi Yangiobod tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A. Nishonovga yo‘llandi.