Barcha yangiliklar
AHOLINI XATLOVDAN O‘TKAZISH ISHLARI NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 274174
Gallery image 274175
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
13:48

AHOLINI XATLOVDAN O‘TKAZISH ISHLARI NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

Mahalladagi har bir xonadon holatini chuqur o‘rganish, aholi ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish samarali ish tashkil etishning muhim shartidir.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat V.Xasanov Havotog‘ QFYda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda aholini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda xatlov jarayonida aniqlangan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari belgilandi. Mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi

Asosiy e’tibor — xatlovning aniqligini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratildi.