Barcha yangiliklar
MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
Gallery image 274171
Gallery image 274172
Gallery image 274173
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
13:47

MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

Kitob — bilim manbai, kitobxonlik esa yoshlar tafakkuri va ma’naviyatini yuksaltiruvchi muhim omildir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A. Isroilov 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi kitoblar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

Deputatlar o‘quvchilar orasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish, kutubxona fondini yangi badiiy va ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlik tadbirlarini ko‘paytirish yuzasidan tavsiyalar berdilar.