Barcha yangiliklar
HAMKOROBOD” MAHALLASIDA OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 274167
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
23 Okt 2026
13:43

HAMKOROBOD” MAHALLASIDA OILALAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Azimova G. tomonidan “Hamkorobod” mahallasida aholining ijtimoiy holatini o‘rganish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

🙏O‘rganish jarayonida deputat ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda hududdagi oilalarning mavjud muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli masalalarni muhokama qildi.

🔎O‘rganish davomida:

💎oilalarni kambag‘allikdan chiqarish imkoniyatlari;
💎aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash;
💎tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari;
💎xonadonlarning sanitariya va obodonlashtirish holati;
💎tomorqa yerlaridan samarali foydalanish;
💎mavjud daromad manbalarini kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

✍️Shuningdek, oilalar uchun belgilangan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalarning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

🤝Aholi bilan manzilli ishlash, oilalarning muammolarini o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.