Barcha yangiliklar
YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 274158
Gallery image 274159
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
13:42

YOSHLAR BANDLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va munosib daromad topishiga ko‘maklashish mahalla taraqqiyotining muhim yo‘nalishidir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov Sarmich mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati bilan tanishib, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Muloqot davomida ishsiz yoshlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqib, bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.