Barcha yangiliklar
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 274155
Gallery image 274156
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
13:41

HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI — DEPUTAT NAZORATIDA

Aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish mahalla taraqqiyotining muhim omilidir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasida hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholini ish bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish va belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.