Barcha yangiliklar
MAHALLADA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
Gallery image 274153
Gallery image 274154
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
23 Okt 2026
13:40

MAHALLADA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT IMKONIYATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati A. Nasirov tomonidan hududdagi umumta’lim maktablaridan birida o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar o‘rganildi.

⚽️O‘rganish davomida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etilishi, sport to‘garaklari faoliyati, shuningdek, yoshlarning turli sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi kuzatildi.

🏀Deputat o‘quvchilarning sport o‘yinlaridagi ishtiroki bilan tanishib, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport maydonlari va mavjud jihozlarning holatini ko‘zdan kechirdi.

⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, fuqarolarning, xususan, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish muhim vazifalardan hisoblanadi.

📌O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktabdagi sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, o‘quvchilarni sport mashg‘ulotlariga yanada keng jalb etish hamda mavjud sharoitlarni takomillashtirish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.