Barcha yangiliklar
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 274137
Gallery image 274138
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
13:35

FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT NAZORATIDA

Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish xalq bilan muloqotning muhim mezonidir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tuman Xalq qabulxonasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida murojaatlarni qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarga yechim topish hamda ijro intizomini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish, har bir masalani manzilli o‘rganish va natijadorlikni oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.