Barcha yangiliklar
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 274129
Gallery image 274130
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
13:29

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va tarmoqlarning xavfsiz ishlashini yo‘lga qo‘yish — dolzarb vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova Balandchaqir mahallasida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik ishlar holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida elektr uzatish tarmoqlarining texnik holati, nosozliklarning oldini olish hamda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi. Mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.