Barcha yangiliklar
“BEG‘UBOR” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Gallery image 274123
Gallery image 274124
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
23 Okt 2026
13:27

“BEG‘UBOR” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Saidaliyev A. tomonidan “Beg‘ubor” mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda qurilish-obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

📍O‘rganish davomida mahalla hududidagi infratuzilma holati, ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, shuningdek, aholi uchun qulay dam olish maskanlarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔎Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talab va standartlarga muvofiqligi, ularning sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝Aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.